Fan-texnika | 17:02 / 14.02.2018
12421
2 daqiqa o‘qiladi

Apple rahbari rejalarni oshkor qildi 

Foto: Reuters

Tim Kuk Apple aksiyadorlarining har yillik yig‘ilishini o‘tkazib, unda boshqa kompaniyalarni qo‘shib olish bo‘yicha rejalar, Apple Park’ga ekskursiyalar tashkil etilmayotgani hamda turli to‘lov usullari haqida gapirib berdi. 

Kukning ma'lum qilishicha, AQShda 2014 yilda ishga tushgan Apple Pay mobil to‘lovlari rivojidan ko‘proq narsani kutgandi.

Apple aksiyadorlarining yig‘ilishi Kupertinodagi Apple Park qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Ulardan biri bu yerda mehmonlar uchun qachon ekskursiyalar tashkil etilishi bilan qiziqqan. Javob – aftidan, hech qachon.

“Qarorgohlarni turlar uchun ochishdagi muammo shundan iboratki, ichkarida ba'zi bir maxfiy narsalar bor. Biz ba'zi holatlarni sir tutishga majburmiz. Shuning uchun mehmonlar uchun maxsus markazni tashkil etdik, u yerda istalgan kishi Apple Park’ni AR-ko‘zoynaklar yordamida o‘rganib chiqishi mumkin”, - dedi Apple rahbari Tim Kuk.

Kukning tushuntirishicha, AirPods, Beats va Apple Watch haqida gapirayotganida “olib yuriluvchi” iborasidan foydalanishni xush ko‘rmaydi. Apple rahbarining so‘zlariga ko‘ra, aksessuarlar ommabopligi “ancha oshdi”, biroq u sotuvlar haqidagi aniq ma'lumotlarni keltirmadi.

Shuningdek, Kuk hukumat bilan sog‘liqni saqlash sohasidagi yangi mahsulotlarni yaratish uchun hamkorlik haqida aytib o‘tdi.

Bundan tashqari, Tim Kukning aytishicha, 2017 yilda Apple 19 ta kompaniyani sotib oldi, ulardan faqat 10 tasi haqida ma'lumot bor, 2018 yilda yangilari paydo bo‘ladi.

Aytilishicha, Apple 2017 yilda yangi tadqiqotlar uchun taxminan 12 mlrd dollar sarfladi, 2018 yilda esa 20 minggacha xodimni yollash niyatida.

Mavzuga oid