Jahon | 13:13 / 16.02.2018
29728
1 daqiqa o‘qiladi
Erkak ishdan chiqqan gaz tepkisi tufayli 70 kilometr masofani soatiga 150 km tezlikda bosib o‘tdi
Floridada istiqomat qiluvchi shaxsning aytishicha, BMW X5’da soatiga 150 kilometr tezlikda bir necha o‘nlab kilometr yo‘lni bosishga majbur bo‘ldi. Bunga gaz tepkisining ishdan chiqqani sabab bo‘lgan. Haydovchini faqat politsiya to‘xtata oldi, deb xabar bermoqda Vero News.
Hodisa hafta boshida ro‘y bergan. Mahalliy 911 xizmatiga Jozef Kuper ismli shaxs qo‘ng‘iroq qilib, I-95 trassasi bo‘ylab ketayotgani va to‘xtay olmayotganini xabar berdi. Oxir-oqibat politsiya muammoni hal qilishga qaror qildi: xodimlar yo‘lga bir necha marta mixli to‘siqni tashlashdi. Ilk urinishlardan so‘ng mashina tezlikni biroz pasaytirdi, biroq yakunda BMW to‘xtatildi.
Mavzuga oid
20:36 / 03.09.2024
BMW kompaniyasi 140 mingdan ortiq elektrokarini chaqirib oladi
00:09 / 01.09.2024
Florida kutubxonalarida Heminguey va Tolstoy asarlari taqiqlanayotgani ma’lum bo‘ldi
23:08 / 22.08.2024
BMW birinchi marta Yevropada elektromobillar savdosi bo‘yicha Tesla’dan o‘zib ketdi
19:50 / 20.08.2024