AQShda boshpanasizlar sovuqda qanday jon saqlaydilar?
AQShda 550 mingga yaqin boshpanasiz sovuqda omon qolishga harakat qilmoqda. Oxirgi kunlarda AQShda havo harorati rekord darajada pasayib ketdi.
2017 yil statistikasiga ko‘ra, AQShdagi boshpanasizlarning 68 foizi – 374 ming kishi priyutlarda jon saqlasa, qolgan 32 foizi – 172 ming kishi ko‘chada jon saqlashiga to‘g‘ri kelmoqda.
AQShning boshpanasizlarga yordam berish milliy jamiyati ma'lumotlariga ko‘ra, boshpanasizlar eng ko‘p miqdorda Nyu-York va Nyu-Jyersida yashaydilar. AQShning bu hududi aholisi 20 mln kishidan ko‘proqni tashkil qiladi. Bu yerda 86 ming boshpanasiz bor.
Nyu-Yorkda boshpanasizlar Times Square, Brodvey va butiklar joylashgan Beshinchi avenyuda mujassamlashgan.
Ular Grand Central stansiyasida fuqarolarga eshiklarni ochishda yordam berib, ichkaridan ufuruvchi issiq havoda qo‘llarini isitadilar.
Nyu-Yorkning eng gavjum stansiyalaridan biri Port Authority’da boshpanasizlar sovuqdan saqlanish uchun adyollarga o‘ranib yoki uxlash qopchalarida uxlaydilar.
Sovuq tunni stansiya va vokzallarda o‘tkazishga urinuvchi boshpanasizlar politsiyaning tajovuzkor harakatlariga duch keladilar.
Mavzuga oid
20:35
AQSh Asad ag‘darilganidan keyin Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatdi
20:17
AQShda o‘limga hukm qilingan ikki mahbus Baydenning jazoni yengillashtirish borasidagi taklifini rad etdi
17:53
AQShda H5N1 parranda grippi bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etildi
00:29