Sport | 00:01 / 18.02.2018
13385
2 daqiqa o‘qiladi

Liga 1. «PSJ» alamini «Strasbur»dan oldi

Foto: Twitter/@psg

Fransiya chempionatining 26-turida «PSJ» o‘z maydonida «Strasbur»ni qabul qildi.

Chempionlar Ligasi nimchorakfinalida «Real»ga yutqazib qaytgan parijliklar barcha alamini ichki chempionatdagi raqibdan olishga muvaffaq bo‘lishdi. 5:2 hisobida yakunlangan o‘yinda Edinson Kavani dublga erishdi.

Bu g‘alabadan so‘ng, «PSJ» 68 ochko bilan chempionatdagi peshqadamlikni mustahkamladi. «Strasbur» 30 ochko bilan 14-o‘rinda qoldi. 

Liga 1, 26-tur
17 fevral
PSJ – Strasbur 5:2 (3:1, 2:1)
Gollar:
 0:1 – 6 Axolu, 1:1 – 10 Draksler, 2:1 – 21 Neymar, 3:1 – 22 Di Mariya, 3:2 – 67 Baoken, 4:2 – 73 Kavani, 5:2 – 79 Kavani. 
PSJ – Areolya, Tiago Silva, Kurzava, Dani Alves, Kimpembe, Draksler (Nkunku, 82), Diarra (Motta, 58), Lo Chelso (Pastore, 58), Di Mariya, Neymar, Kavani.
Strasbur – Ukidja, Kone, Martines, Seka, Lala, Marten (Nogeyra, 90), Axolu, Lienar (Gonsalves, 61), Fulke, Baoken, Da Koshta (Saadi, 78).
Ogohlantirishlar: Dani Alves (24), Da Koshta (45), Fulke (57), Tiago Silva (68), Lala (74).

Mavzuga oid