O‘zbekiston | 11:50 / 19.02.2018
61202
2 daqiqa o‘qiladi

Haydovchilik guvohnomalarini almashtirish qayta boshlandi

Yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomalarini berish tizimi yana ishga tushdi, deb xabar qilmoqda Carzone.uz Facebook’dagi guruhlardan biriga tayangan holda.

“Haydovchilik guvohnomasi olish jarayoni biroz osonlashgan. Soat 14:00 da yetib keldim. Ariza yozishga 2 daqiqa vaqt ketdi. Undan so‘ng kassaga pul to‘ladim. Bunga  kassada navbat bo‘lgani tufayli 10  daqiqa vaqt ketdi. Keyin hujjatlarni 3 xonaga topshirdim – 15 daqiqa. So‘ng 5 kabinetda suratga tushdim – yana 10 daqiqa. O‘sha yerda barcha hujjatlarni qoldirdim. Keyin kutib turdim. Umuman hamma yugur-yugurga 2 soatdan kam vaqt va 126 ming so‘m pul ketdi”, — deb yozib qoldirgan foydalanuvchilardan biri.

Uning aytishiga ko‘ra, yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun pasport, haydovchilik guvohnomasi, talon va ekzamen varaqasi kerak bo‘lgan xolos. To‘langan pulning 121 ming so‘mi kassaga 5 ming so‘mi ariza to‘ldirishga ketgan.

“Shundan boshqa hech qanday ma'lumotnoma yoki sizni bir yildan ortiq haydovchilik tajribangiz borligini tasdiqlaydigan avtomobil texpasporti kerak emas!”, — deb qat'iy ma'lumot bildirgan guruh a'zosi.

Yuqorida aytib o‘tilgan holat Fayzoboddagi YHXBda 15 fevral kuni bo‘lib o‘tgan. Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomalari berish vaqtincha to‘xtatilgani xabar berilgan edi.

Mavzuga oid