Fan-texnika | 19:31 / 19.02.2018
9335
2 daqiqa o‘qiladi

Yorug‘likning yangi shakli olindi

Foto: Vikimedia / Antonio Saba,

Amerikalik fiziklar yorug‘likning yangi shaklini olishga muvaffaq bo‘ldilar. Ularga buning uchun fotonlarni sekinlashtirib, bir-birlari bilan o‘zaro ta'sirlashishga majbur qilishga to‘g‘ri keldi, deb xabar bermoqda Science Daily.

Oddiy yorug‘lik nurlarida fotonlar deyarli bir-birlari bilan ta'sirlashmaydilar. Biroq AQShning Massachusets universiteti fiziklari fotonlarni o‘zaro ta'sirlashtira oldilar. Buning uchun ular lazer nurini rubidiyning sovuq atomlari buluti orasidan o‘tkazdilar. Rubidiy atomlari fotonlarga birlashishga, yangi xususiyatlarga ega bo‘lishga va yorug‘likning yangi ko‘rinishiga aylanishga yordam berdi.

Yorug‘lik zarralari – fotonlar bir-birlari bilan ikkitadan (dimer) va uchtadan (trimer) bo‘lib birlashdi.

Shundan keyin olingan zarralar oqimi yorug‘likning normal nuriga nisbatan 100 marta sekinlashdi. Normal nurda fotonlar soniyasiga 300 ming km tezlik bilan harakatlanadi. 

Olimlar ixtirolarining foydali jihatlari haqida gapirar ekanlar, trimerli yorug‘lik oqimi yordamida kvant qurilmalarida axborot uzatish samaradorligini oshirish hamda gravitatsion to‘lqinlarni qayd qilishda shovqinni pasaytirish mumkinligini ta'kidlab o‘tdilar.

Mavzuga oid