Jahon | 00:21 / 20.02.2018
9198
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni atom elektr stansiyalar qurmoqchi

Foto: Getty Images

Saudiya Arabistoni hukumati tinch atom texnologiyasini o‘zlashtirib, qirollikda atom elektr stansiyalar barpo qilmoqchi. Bu haqda qirollikning tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr CNBC telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.   

Al-Jubayrning aytishicha, qirollik ayni vaqtda ushbu masala bo‘yicha 10 ta davlat bilan muzokaralar olib bormoqda. Uning ta'kidlashicha, u AQSh hukumatini saudiyaliklarga yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi qolgan davlatlar ega bo‘lgan huquqlar berilishiga rozi bo‘lishga chaqirmoqda.

Yaqin 20-25 yilda Saudiya Arabistoni 16 ta yadroviy reaktor qurmoqchi va bu maqsadlar uchun umumiy hisobda 80 mlrd dollar sarflamoqchi. Vazirning aytishicha, Ar-Riyod bu masalada AQSh hukumati ko‘magiga umid qilgan, biroq tinch atom bo‘yicha hamkorlik qilish uchun ikki davlat yadroviy obektlarni fuqarolik va harbiylariga ajratuvchi alohida kelishuv tuzishi kerak. Bu kelishuvsiz AQSh kompaniyalari Saudiya Arabistonida ishlay olmaydilar. 

“Biz neft salohiyatimizni saqlab qolish uchun o‘zimizning atom elektr stansiyalar tizimimizni yaratmoqchimiz. Biz bu masala bo‘yicha 10 ta davlat bilan muzokaralar olib bormoqdamiz, biroq hozircha hamkor borasida bir to‘xtamga kelmadik”, deb aytgan al-Jubayr. 

Mavzuga oid