Jahon | 21:55 / 22.02.2018
11431
1 daqiqa o‘qiladi

Belarusdan Rossiyaga sut mahsulotlari olib kirish taqiqlandi

Foto: RIA Novosti / Varvara Gerte

“Rosselxoznadzor” 26 fevraldan Belarusdan Rossiyaga sut va sut mahsulotlarining kiritilishini taqiqladi.     

Taqiqlov ostiga sutdan tashqari, pasterizatsiya, sterilizatsiya qilingan, konservalangan va quyultirilgan qaymoq, quruq zardob va boshqa mahsulotlar tushgan. 

Tashkilotning ta'kidlashicha, Belarusdan noxavfsiz sut mahsulotlari kelishi davom etayotgani sababli ushbu choralarni qabul qilishga to‘g‘ri kelgan. 

“Rosselxoznadzor” 2 kun avval Belarusning 7 ta korxonasi ortidan kuchaytirilgan nazorat tartibini kiritgan. 22 fevralda ularga yana 6 ta korxona qo‘shilgan. Bunga ushbu korxonalarda standartlarning buzilishi sabab bo‘lgan.

“Rosselxoznadzor” o‘z vaqtida Belarusning turli korxonalaridan mahsulotlar yetkazib berilishiga cheklovlar kiritgan va bekor qilgan. Cheklovlar Belarusning 50 dan ko‘proq kompaniyasini qamrab olgan. 

Mavzuga oid