Qodirov chechen xalqiga qarshi bo‘lgan Stalin haqida gapirdi
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Telegram’dagi kanalida zamonaviy Rossiyadagi xalqlar huquqlari haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, u Iosif Stalinning 1944 yil 23 fevraldagi farmoni bilan amalga oshirilgan chechen xalqi ommaviy deportatsiyasi haqida eslatib o‘tdi.
«Bugun biz yangi Rossiyada yashamoqdamiz, bu yerda har bir xalqqa real huquqlar va erkinlik kafolatlangan. Biz o‘z milliy fojiamizni yodda tutamiz, unda qurbon bo‘lganlar doimo xotiramizda yashaydi, bu haqda hech qachon unutmaymiz!» - deya yozdi Qodirov.
Uning aytishicha, ko‘plab qudratli davlatlar chechen xalqini yo‘q qilishga harakat qilib urushlar olib borgan.
«Biroq, bu urushlardan birontasini Iosif Stalinning (ming la'nat unga) chechen xalqiga qarshi qatag‘onlari bilan tenglashtirib bo‘lmaydi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Qodirov.
Mavzuga oid
21:22 / 19.09.2024
Checheniston sobiq bosh vaziri maktablarda Darvin nazariyasini taqiqlashni talab qildi
16:54 / 02.09.2024
«Siz va bolalaringiz mamlakatga nega keraksizlar?» - Apti Alaudinov qanday qilib Kreml ovoziga aylandi
22:15 / 28.08.2024
Ramzan Qodirovning qizlari 2017 yilda Fransiyaga boshqa familiya ostida uchgani ma’lum bo‘ldi
20:36 / 17.08.2024