O‘zbekiston TIV rahbari Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi bilan terrorizmga qarshi kurashni muhokama qildi
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Moskvada O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan uchrashdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi matbuot xizmati xabar qildi.
«Nikolay Patrushev Abdulaziz Komilov va Viktor Mahmudov bilan Rossiya-O‘zbekiston hamkorligining dolzarb masalalari, birinchi navbatda, xavfsizlik sohasidagi masalalarni muhokama qilib, Markaziy Osiyo, jumladan, Afg‘oniston bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan fikr almashdi», - deyiladi xabarda.
Suhbat chog‘ida tomonlar huquqni muhofaza qilish organlari va maxsus xizmatlar, shuningdek, ikki mamlakat Xavfsizlik kengashlari apparatining o‘zaro hamkorligi, jumladan, terrorizmga qarshi kurashdagi aloqalarini muhokama qilishdi. «Suhbatdoshlar o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini saqlab qolish va ularni takomillashtirishni davom ettirish maqsadga muvofiqligini ta'kidladilar», - deya ta'kidlab o‘tishgan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashidan.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024