O‘zbekiston | 14:44 / 27.02.2018
180841
1 daqiqa o‘qiladi

Zokirjon Almatov Ichki ishlar vazirligiga qaytdi

Foto: IslomKarimov.uz

1991-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri bo‘lgan general-polkovnik Zokirjon Almatov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qaytdi. Bu haqda KUN.UZ’ga vazirlikdagi manba xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, Almatov ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.

Zokir Almatovich  Almatov 1949 yil 10 oktabr kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumanida tug‘ilgan. 1971-1988 yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilgan. 1988-1990 yillarda Parkent tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i. 1990-1991 yillarda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i. 1991 yil 15 sentabrda prezident Islom Karimov tomonidan ichki ishlar vaziri etib tayinlangan. 2006 yil 5 yanvar kuni ishdan olingan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq general-polkovnik Zokirjon Almatov Islom Karimov haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashgandi.

Mavzuga oid