Sport | 18:00 / 28.02.2018
13110
2 daqiqa o‘qiladi

Xudoynazar Fayzov: «Kolumbiyaliklarni 5:0ga yutmoqchimiz»

Butunjahon boks seriyasida (WSB) musobaqalarda qatnashayotgan «Uzbek Tigers» jamoasi a'zosi, -52 kg vazn toifasida ringga ko‘tariladigan Xudoynazar Fayzov «Colombia Heroicos»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan jang oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Kubadagi mag‘lubiyat bizga biroz tushkun kayfiyat olib kelgandi (Kubada jamoa 0:5 hisobida yutqazgan — KUN.UZ izohi). Shu bois buyog‘iga mashg‘ulotlarni ikki hissa ko‘paytirib, kuniga uch mahallab ishladik.

Kechagi g‘alaba bilan barcha boks muxlislarini tabriklamoqchi. Bayramni davom etirishimiz kerak buning uchun bir jamoa bo‘lib tinimsiz ishlashda davom etmoqdamiz. Ertaga kolumbiyaliklarni 5:0 hisobida yutishni maqsad qilganmiz. Mavsum so‘ngida WSB kubogini O‘zbekistonga olib kelishni istaymiz.

Bo‘lajak raqibim bilan ringga birinchi marta chiqishim bo‘ladi. U tajribali, katta ringlarda jang qilishga ulgurgan. Shunga qaramasdan uni mag‘lubiyatga uchratishga harakat qilib ko‘raman», deya gapirib o‘tdi Fayzov KUN.UZ muxbiri bilan suhbatda.

Mavzuga oid