Jahon | 16:00 / 01.03.2018
18207
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston prezidenti: «Tolibon» siyosiy guruh sifatida tan olinishi kerak

Foto: AP

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani «Tolibon» radikal harakatini siyosiy guruh sifatida tan olish g‘oyasi bilan chiqdi. Bu haqda Tolo News mahalliy telekanali xabar bergan.

Telekanal xabariga ko‘ra, G‘ani «Kobul jarayoni» ikkinchi xalqaro konferensiyasining ochilishida so‘zga chiqib, Afg‘oniston hukumati toliblar va ularning oilalariga pasport berishi hamda harakat yetakchilaridan sanksiyalarni olib tashlashga harakat qilishini ma'lum qildi.

«Biz shuningdek, qamoqdagi toliblarni ozod qilish ro‘yxati ustida ishlaymiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Prezidentning ta'kidlashicha, hukumat tinch jarayonga qo‘shiladigan «Tolibon» a'zolari xavfsizligini ta'minlaydi. «Biz tinchlik muzokaralari paytida «Tolibon»ning fikrini inobatga olamiz», - dedi G‘ani.

Mavzuga oid