Jahon | 20:00 / 04.03.2018
47162
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng katta yo‘lovchi samolyotining dovul vaqtida qo‘ndirilishi videoga muhrlandi     

Foto: youtube\flugsnug

Internetda Emirates aviakompaniyasining A380-800 samolyotlarining Birmingem aeroportiga 1 va 2 mart kunlari qo‘ndirilishi videosi paydo bo‘ldi.

Rolikka berilgan izohda aytilishicha, laynerlarning qo‘ndirilishini nafaqat kuchli shamol, balki qo‘nish polosasining ho‘lligi qiyinlashtirgan. Uchuvchilarga, shuningdek, kuchli qor ham xalaqit qilgan. 

Oxirgi kunlar Yevropada sovuq havo hukm surmoqda. U mahalliy matbuotda “Sharqdan kelgan yirtqich” deb ham nomlandi. Buyuk Britaniyada ob-havo sharoitlari antitsiklon Atlantikadan kelgan “Emma” dovuli bilan to‘qnash kelgani sababli ham murakkablashgan. 

Airbus A380 samolyoti dunyodagi eng katta yo‘lovchi samolyoti hisoblanadi. U 15 ming kmdan ko‘proq masofalarga qo‘nishsiz parvozlarni amalga oshira oladi va 853 yo‘lovchini sig‘dira oladi.

Mavzuga oid