Jahon | 09:11 / 05.03.2018
7571
1 daqiqa o‘qiladi

“Oskar”da “eng qisqa nutq” uchun sovg‘a qo‘yildi

Jimmi Kimmel. Foto: AP Photo / Chris Pizzello

“Oskar” taqdimoti boshlovchisi Jimmi Kimmel mukofotni qo‘lga kiritgan laureatga suv mototsiklini sovg‘a qilishga va'da berdi. Buning uchun mukofot sohibi eng qisqa nutq so‘zlashi kerak bo‘ladi. AQSh kinoakademiyasining to‘qsoninchi taqdimoti Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tmoqda. 

Kecha boshlovchi g‘oliblar istaganini gapirishlari mumkinligini, ammo u har bir gapirilgan nutq vaqtini hisoblab borishini ma'lum qilgan edi. Ma'lumotlarga ko‘ra, g‘olib narxi 17 ming AQSh dollari turadigan mototsikl bilan taqdirlanadi.

Sovg‘aga qo‘yilgan suv mototsiklini “Dolbi” teatrida britaniyalik aktrisa Xellen Myurrey namoyish etdi.

Mavzuga oid