Muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari akkreditatsiyalash sohasidagi kichik korxonalar shtati – 100 kishigacha
Kichik tadbirkorlik sub'yektlariga kiruvchi tashkilotlar tasniflagichiga kiritiladigan qo‘shimchalar loyihasi QHTBT portalida e'lon qilingan, deb yozmoqda Norma.
Hujjatni 74.90.1 «Muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlarning akkreditatsiyalash faoliyati» kichik sinfi bilan to‘ldirish taklif etilmoqda. Mazkur faoliyat turini amalga oshiruvchi mikrofirmalar xodimlarining o‘rtacha yillik soni 1 kishidan 20 kishigacha, kichik korxonalarniki esa – 21 kishidan 100 kishigacha bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichiga (IFUT 2-tahriri) tegishli o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda.
Ma'lumot uchun: Kichik tadbirkorlik sub'yektlariga kiruvchi tashkilotlar tasniflagichi IFUT 2-tahriri asosida ishlab chiqilgan va 1.01.2017 yildan amalga joriy etilgan.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
11:43 / 14.09.2024
Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlari ro‘yxati tasdiqlandi
20:00 / 06.04.2021
Mobil metrologik laboratoriya – o‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikalarni metrologik tekshiruvdan o‘tkazishda innovatsion yechim
16:00 / 02.04.2021
O‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta'minlash texnik jihatdan tartibga solishning asosiy elementlaridan biri
09:10 / 27.11.2020