Jahon | 08:02 / 06.03.2018
18355
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar tuzning xavfi haqida gapirib berishdi

Foto: Depositphotos

Buyuk Britaniya va AQShdan bo‘lgan olimlar guruhining aniqlashicha, ko‘p miqdorda tuz iste'mol qilish qon bosimi yuqori bo‘lgan kishilar uchun xavfli ekan. Tadqiqot natijalari MedicalXpress’da e'lon qilindi.

Olimlar yuqori qon bosimi va ko‘p miqdorda tuz iste'mol qilish o‘rtasida bog‘liqlik bor ekanini aniqlashdi. Ta'kidlanishicha, tadqiqot davomida ishtirok etganlarning qon bosimi ko‘rsatkichlari ular kaliy va yurak-qon tomir tizimi uchun foydali bo‘lgan boshqa moddalar miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni iste'mol qilishsa ham normadagi darajaga tushmagan. 

Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, har kuni olti grammdan ortiq tuz iste'mol qilmagan ma'qul.

Ta'kidlanishicha, tadqiqot davomida 40 – 59 yoshlar oralig‘idagi 4 mingdan ortiq kishining ovqatlanish ratsioni yaxshilab o‘rganib chiqilgan.

Mavzuga oid