Jahon | 12:48 / 08.03.2018
8956
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya Afrindagi amaliyot bo‘yicha yangi ma'lumot berdi
Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabidan xabar berishlaricha, Suriyaning Afrinida amaliyot boshlanganidan beri 3 mingdan ortiq jangari «neytral holatga keltirildi». Bu haqda Daily Sabah xabar bermoqda.
«Suriyaning Afrinida «Zaytun novdasi» amaliyoti boshlanganidan beri kamida 3055 terrorchi «neytral holatga keltirildi», - deya harbiylarning bayonotini keltirgan nashr.
Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi 20 yanvar kuni Suriya shimolidagi Afrinda kurdlar tuzilmalariga qarshi «Zaytun novdasi» amaliyoti boshlangani haqida ma'lum qilgandi.