AQSh arab qirolliklari yetakchilari bilan sammit o‘tkazmoqchi
AQSh va Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi kengashi davlatlari (FKADHKD: Bahrayn, Qatar, Kuvayt, BAA, Ummon va Saudiya Arabistoni) yetakchilari o‘rtasida may oyida oliy darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tishi mumkin. Al Jazeera nashrining yozishicha, bu haqda Kuvayt tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Xolid al-Jaralla ma'lum qildi.
Uning aytishicha, AQSh-FKADHKD sammitini may oyida o‘tkazishga urinishlar amalga oshirilmoqda, biroq uchrashuvga taklifnomalar jo‘natilmagan. “Mintaqa yolg‘iz holda qarshilik ko‘rsatib bo‘lmaydigan jiddiy va xavfli chaqiriqlarga to‘qnash kelmoqda. AQSh buni anglaydi va Kuvayt kabi ziddiyatlarga chek qo‘ymoqchi hamda sa'y-harakatlarini bu chaqiriqlarga qarshi qaratishga intilmoqda”, deb aytgan al-Jaralla.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024