Maktabgacha ta'lim tizimi yo‘nalishida O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
2018 yilning 7-8 mart kunlari Toshkentda O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir mamlakatimizga O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi faxriy konsuli, Evergeen Motor Group raisi Kim Chang Kyon boshchiligidagi Koreya Respublikasi ishbilarmon doiralari delegatsiyasi tashrifi doirasida tashkil etildi.
Ushbu tashrif doirasida 8 mart kuni Maktabgacha ta'lim vaziri Agrepina Shin Sidjon universiteti vitse raisi va Bosh direktori Jun Xo Park, New Millennium Construction prezidenti Xe Su Jyeng, ushbu kompaniya Bosh direktori Chay Chun In, Play Time raisi va Bosh direktori Kyung Sik Chun, Evergreen Motors Group direktori Yun Cheol Kim, «Fordifreym» kompaniyasi Bosh direktori Iris Yang, shuningdek ATTOCUBE kompaniyasi vakili Etan Xan bilan uchrashdi.
Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri maslahatchisi Yun Se Kim va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri maslahatchisi Yun Tek Rim ham ishtirok etdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va Sidjon universiteti, New Millennium Construction va ATTOCUBE kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi, «Fordifreym» kompaniyasi bilan esa hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Mavzuga oid
15:02 / 10.11.2022
Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘tkazadigan xalqaro konferensiyaga 19,1 mlrd so‘m sarflanmoqda
17:43 / 31.03.2022
Xususiy bog‘chalarga ishga olinadigan tarbiyachilar komissiyalardan o‘tkazilmaydi – vazirlik Samarqandda bolalar qo‘liga igna sanchilgan holat haqida
17:07 / 30.11.2021
Maktabgacha ta'lim vazirligi soha xodimlarining maoshlari qanchaga oshishini ma'lum qildi
11:04 / 08.07.2021