Jahon | 00:30 / 09.03.2018
9863
2 daqiqa o‘qiladi

Mogerini AQShning boj to‘lovlari kiritishi javobsiz qolmasligini aytdi

Foto: RIA Novosti / Sergey Pyatakov

Yevropa Ittifoqi AQSh bilan savdo urushi olib bormoqchi emas, biroq Vashington tomonidan savdo bojlari kiritilsa javob choralari ko‘rishga majbur bo‘ladi. Bu haqda YeIning diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini aytib o‘tdi. 

“O‘ylashimcha, bu ikki tomon va butun dunyo uchun haqiqiy falokat bo‘ladi. Biz ikkimiz jahon savdosining 30 foizini bildiramiz. Dunyoga bu kerakmas, jahon iqtisodiyotiga bu kerakmas, AQSh va Yevropa iqtisodiyotiga bu kerakmas. Biz buni istamaymiz va bunday bo‘lmaydi”, deb aytgan Mogerini Bryusseldagi forumda.

Uning aytishicha, YeI “o‘z manfaatlarini himoya qilishga tayyor, biroq savdo urushi bu YeIning pozitsiyasi emas”.

Mogerini AQSh prezidenti Donald Tramp boj to‘lovlari kiritilishini e'lon qilsa, Yevropa Ittifoqi javob berishi haqidagi savolga “Agar kerak bo‘lsa, javob beramiz” , deb javob qilgan.

“Biz o‘z manfaatlarimizni himoya qilishimiz kerak. Biroq pozitsiyamiz hech qachon protektsionistik bo‘lmaydi”, deb aytgan Mogerini.

Avvalroq Tramp 8 martda po‘lat va alyuminiyga boj to‘lovlarini kiritishi mumkinligiga ishora qilgan. U o‘tgan hafta AQSh po‘latga 25 foiz, alyuminiyga 10 foiz boj to‘lovlari kiritishiga va'da qilgandi. Oq uy bojlar 9 martgacha kiritilishi rejalashtirilayotganini tasdiqlagan. 

Mavzuga oid