O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida vizasiz tartib joriy qilindi
9 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga ilk tashrifi davomida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida vizasiz tartib o‘rnatilgani haqida muhim ijtimoiy hujjat imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar beradi.
Ma'lum qilinishicha, ikki davlat fuqarolari endilikda 30 kun davomida hech qanday ruxsatnoma yoki taklifnomani taqdim etmagan holda chegaradan o‘tishi, qo‘shni davlatda muayyan muddat yashash huquqiga ega. Bu kelishuv ikki davlat rahbarlari, Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon tomonidan imzolangan hujjatda aks ettirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 1 mart kunidan boshlab, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 9ta nazorat-o‘tish punktlarining faoliyati qayta ishga tushirilgandi. Shuningdek, 8ta avtomobil yo‘li hamda 1ta temir yo‘l faoliyati ham tiklandi. Bundan tashqari, 2017 yil aprel oyida «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK uzoq muddatdan so‘ng, Dushanbe shahriga ilk parvozni amalga oshirgandi.
Mavzuga oid
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024