Hindistonda passiv evtanaziya qonunlashtirildi
Hindiston oliy sudi 9 martda endilikda bedavo og‘ir kasallar passiv evtanaziyaga huquqlari borligi haqida qaror chiqardi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.
“Istalgan odam biror-bir tibbiy davolanishdan o‘tmasligi va undagi hayot uni ta'minlovchi tizimlar yordamida qo‘llab-quvvatlanmasligi haqida qaror qabul qilishga haqli. Odamlar munosib tarzda hayotdan ko‘z yumishga haqlilar”, deyilgan sud bayonotida.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, passiv evtanaziya, ya'ni qo‘llab-quvvatlovchi terapiyaning ataylab to‘xtatilishi agar bemor avvaldan bunga ruxsat beruvchi hujjat qoldirgan bo‘lsa qo‘llanadi. Bu hujjat odam jiddiy kasallik yoki baxtsiz hodisa tufayli koma holatiga tushib qolsa, hayotni ta'minlovchi vositalardan uzilib qo‘yilishiga roziligi yoki noroziligi ko‘rsatilgan vasiyat hisoblanadi.
Bundan tashqari, oliy sud bedavo bemorning oilasi a'zolari yoki do‘stlari sudga kasalning evtanaziya qilinishi iltimosi bilan murojaat qilishlariga ruxsat berdi. Bunday holda sudda tibbiy kengash jamlanib, u bemorga passiv evtanaziya kerak-kerakmasligini hal qiladi.
Mavzuga oid
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
01:52 / 07.11.2024
Kashmir Hindistonni maxsus avtonomiya maqomini tiklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
17:51 / 05.11.2024