Light | 21:30 / 12.03.2018
23843
2 daqiqa o‘qiladi

Tabiatda eng tez aylanuvchi jism nimaligi aniqlandi

Foto: gipotezy.com

Olimlar tabiatda qanday tanalar eng yuqori aylanish tezligiga ega ekanligini aniqlashdi. Bunday jismlar Ruellia ciliatiflora turidagi o‘simlikning urug‘lari ekani aniqlandi. Bu urug‘lar o‘simlikdan otilib chiqqanda soniyasiga 1600 martagacha aylanar ekan.

Mutaxassislarning aytishicha, ushbu o‘simlik urug‘larini tarqatishning antiqa usuli – ballistixoriyaga ega. Ba'zi o‘simliklar urug‘larini hayvonlar tarqatsa, boshqalarinikini shamol tarqatadi. Ballistixoriya metodi esa urug‘larni katta tezlikda uloqtirishga imkon beradi, bu esa urug‘larga 6 km gacha masofani kechib o‘tishda yordam beradi.

Olimlar ko‘proq tafsilotlarni bilish uchun yuqori tezlikdagi rejimda (soniyasiga 20 mingta kadr) tasvirga oluvchi fotokameradan foydalanishgan. Aniqlanishicha, Ruellia ciliatiflora urug‘lari uning tarnovchaga o‘xshash qismidan  otilib chiqadi. Bu tarnovchaning vazifasi urug‘ning parvozi yo‘nalishini berish hisoblanadi. Urug‘lar gorizontga 40 gradus burchak ostida otiladi. Mutaxassislarning hisob-kitoblaricha, ushbu burchak katta masofalarni yengib o‘tish uchun optimal qiymatdagi burchak hisoblanadi.

Urug‘lar katta aylanish tezligi esa uning muayyan tuzilishiga bog‘liq. Olimlarning ta'kidlashicha, Ruellia ciliatiflora’ga ko‘payishning bunday usuliga moslashish uchun minglab yillar kerak bo‘lgan.

Mavzuga oid