O‘zbekiston | 01:20 / 13.03.2018
79642
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent anjumanida «Tolibon»​ vakillari ishtirokiga aniqlik kiritildi

Foto: Getty Images

Toshkent shahrida tashkil etilayotgan xalqaro konferensiyada «Tolibon» harakati vakillari ishtirok etmasligi mumkin. Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlagan mazkur anjumanda hozirgacha AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Jon Sullivan va YeI Tashqi siyosiy masalalari rahbari Federika Mogerini ishtiroki tasdiqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmat 12 mart kunigacha bo‘lgan holat bo‘yicha xabar berdi.

Vazirlik saytida «Reyter» agentligi yo‘llagan savolga javob e'lon qilingan bo‘lib, unda kutilayotgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston va Afg‘oniston davlat rahbarlari, AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Jon Sullivan, YeI Tashqi siyosiy masalalari rahbari Federika Mogerini, Afg‘oniston bo‘yicha BMTning maxsus vakili Tadamichi Yamamoto ishtiroki diplomatik aloqalar orqali tasdiqlangani bildirilgan.

Shuningdek, Toshkent konferensiyasida Rossiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Pokiston Tashqi ishlar vazirligi rahbarlari ishtirok etishi ma'lum qilindi.

TIV xabarida aytilishicha, «Tolibon» harakatidan haligacha konferensiyada ishtirok etish istagini bildirgan murojaat yetib kelmagan yoki diplomatik yo‘llar orqali bunday xohish bildirilmagan.

Mavzuga oid