O‘zbekiston | 15:41 / 13.03.2018
5158
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi mamlakat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
2018 yilning 12 mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Saidikrom Niyozxo‘jayev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘alimjan Qoyshibayevga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Tegishli marosimdan so‘ng elchi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov tomonidan qabul qilindi. Vazir S.Niyozxo‘jayevni yuqori lavozimga tayinlangani munosabati bilan tabrikladi va muvaffaqiyatlar tiladi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
09:55
Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi etib tayinlandi
22:59 / 24.09.2024
Mang‘istov-Nukus yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdda yong‘in yuz berdi
21:24 / 24.09.2024
Rossiya xavfsizlik kuchlari Ukrainaga qarshi urushdan bosh tortgan harbiyni Qozog‘istondan o‘g‘irlab ketdi
18:31 / 23.09.2024