Slovakiya bosh vaziri jurnalist o‘limi ortidagi mojaro sababli iste'foga chiqdi
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso iste'foga ketdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. Fitsoning iste'fosini mamlakat prezidenti Andrey Kiska qabul qilgan.
Fitso Slovakiyada ilk bor jurnalist o‘ldirib ketilgani bilan bog‘liq mojaro sababli 14 mart kuni iste'foga ketishga qaror qilganini ma'lum qilgan. Xuddi shu sababga ko‘ra 28 fevralda Slovakiya madaniyat vaziri Marek Madyarich, 12 mart kuni ichki ishlar vaziri Robert Kalinyak o‘z lavozimlarini tark etgandi.
Slovakiyalik jurnalist Yan Kutsiak va uning qaylig‘i jasadlari 26 fevralda o‘z uylarida otib ketilgan holda topilgan. Jurnalist korrupsiya va slovakiyalik jurnalistlarning italyan mafiyasi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkinligini tergov qilgan.
27 fevralda butun mamlakat bo‘ylab jurnalist xotirasiga katta ko‘lamli aksiyalar o‘tgan va ular vazirlar mahkamasi iste'fosi talab qilingan norozilik namoyishlariga aylanib ketgan.
Slovakiya prezidenti iste'foga ketgan bosh vazir o‘rniga 42 yoshli Peter Pellegrinini yangi bosh vazir etib tayinladi. Pellegrini bungacha bosh vazirning investitsiyalar va axborotlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, undan avvalroq esa 2 yil davomida parlament spikeri lavozimini egallagan.
Mavzuga oid
11:35 / 09.09.2024
YeI demokratiyaga cheklovlar tufayli Slovakiyani mablag‘dan mahrum qilishi mumkin
23:18 / 06.09.2024
Slovakiya bosh vaziriga o‘q uzgan yozuvchi o‘zining ozod etilishini so‘ramoqda
19:15 / 16.08.2024
Tailand sobiq bosh vazirining qizi hukumat rahbari etib saylandi
21:25 / 14.08.2024