Tillersonning iste'fosiga aslida nima sabab bo‘lgani aytildi
Shimoliy Koreya muammosiga yechim topishda AQSh prezidenti Donald Tramp hamda davlat kotibi Reks Tillerson o‘rtasidagi qarama-qarshilik Tillersonning iste'fosiga sabab bo‘lgan. Bu haqda Reuters vaziyatdan xabardor manbalarga asosan xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, Tillerson eng boshidan Pxenyan bilan muloqot tarafdori bo‘lgan bo‘lsa, Tramp KXDRga maksimal bosim o‘tkazish kampaniyasini davom ettirishni mo‘ljallagan.
Shu sababdan davlat rahbari davlat kotibi Pxenyanga juda ham yon bosayotganidan xavfsiray boshlagan, deya aytib o‘tishdi manbalar.
Tramp juma, 9 mart kuni Oq uy apparati boshlig‘i Jon Kelliga Tillersonni iste'foga chiqishga tayyorgarlik ko‘rish haqida ogohlantirish vazifasini topshirgan. Manba so‘zlariga ko‘ra, Kelli prezidentni bu fikrdan qaytarishga uringan, biroq Tramp Tillerson muntazam ravishda unga qarshi pozitsiyada turishidan «juda charchagan».
Eslatib o‘tamiz, 13 yanvar kuni Tramp tvitterdagi sahifasida Tillerson davlat kotibi lavozimini tark etish haqida xabar berdi. Prezident bu lavozimga MRB rahbari Mayk Pompeoni tayinlashga qaror qildi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024