Sharqshunoslik institutining yangi binosi foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Ummon Sultonligining Meros va madaniyat vaziri Sayyid Haysam bin Tariq al-Sa'id hamda Vaqf va din ishlari vaziri Shayx Abdulla bin Muhammad bin Abdulla as-Salimiy ishtirok etdi. Ular institutda yaratilgan keng imkoniyatlar, muzey, ish xonalari, qo‘lyozmalar saqlanayotgan kutubxona, laboratoriya bilan tanishdi. Ish jarayonlarini kuzatdi, deb yozmoqda O‘zA.
Mehmonlar nodir manbalar, toshbosma kitoblar, miniatyuralar, xattotlik namunalari, tarixiy hujjatlar kolleksiyalarining eng yaxshi namunalari joy olgan ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdi.
Mazkur institut binosi Ummon Sultonligi bilan imzolangan bitimga binoan ushbu davlat ishtirokida bunyod etildi.
Bino uch qavatli. Kiraverishdagi ichki markaziy atriumning balandligi 16 metrni tashkil etadi. Institutdagi 26 ming qo‘lyozma va 40 mingga yaqin toshbosma to‘plamlari noyob manba hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:45 / 07.08.2024
Qishloq xo‘jaligi kadrlarini qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi
11:27 / 27.07.2024
1 avgustdan Raqamli kriminalistika institutiga bir qator huquqlar beriladi
08:26 / 10.07.2024
Xorazmda pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
09:40 / 23.05.2024