Jamiyat | 17:41 / 17.03.2018
5560
2 daqiqa o‘qiladi

«Toshkent univermagi» rahbariyatiga xorijiy menejyerlar jalb etilishi mumkin

Foto: MyTashkent.uz

«Toshkent univermagi» (TsUM)ni rekonstruksiya qilish va uning rahbariyatiga xorijiy menejyerlarni jalb etish rejalashtirmoqda.

«Toshkent univermagi» AJ kompaniyasi aksiyadorlarining ushbu masala yuzasidan navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 29 martga belgilangan, deb yozmoqda Spot.

«Toshkent univermagi» AJ binosini amaldagi talablarga moslashtirish uchun to‘liq rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihani ishlab chiqishga tanlov e'lon qilish», - deyiladi kun tartibi materiallarida.

Bundan tashqari, kun tartibiga quyidagilar kiradi:

yuqori malakali xorijiy menejyerlarni jalb etgan holda ijro etuvchi organning rahbar lavozimlarini almashtirish bo‘yicha tanlov e'lon qilish;

«Toshkent univermagi» AJ aktivlari va biznesini baholash;

1,1 mln. AQSh dollari miqdoridagi aksiyalarga aylantiriladigan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi va ularni aksiyadorlar o‘rtasida ular egalik qiladigan aksiyalar soniga mutanosib ravishda tarqatish to‘g‘risida e'lon qilish.

Mavzuga oid