Sport | 23:10 / 18.03.2018
10430
1 daqiqa o‘qiladi

Shvaynshtayger ota bo‘ldi

Foto: Instagram/AnaIvanovic

"Bavariya" va "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Bastian Shvaynshtayger hamda jahonning sobiq birinchi raketkasi Ana Ivanovich oilasida farzand dunyoga keldi. Bu haqda portugaliyalik jurnalist Xose Morgado o‘z Twitter-sahifasida ma'lum qildi. 

Jurnalist bergan ma'lumotga ko‘ra, 33 yoshli Shvaynshtayger va 30 yoshli Ivanovich kecha, Chikagoda o‘g‘il farzandli bo‘lishgan. Chaqaloqqa Luka deb ism qo‘yishgan. 

Ma'lumot uchun, sportchilar 2016 yilning yozida Venetsiyada turmush qurishgan edi. 

Mavzuga oid