Jahon | 17:45 / 19.03.2018
13253
2 daqiqa o‘qiladi

Berezovskiyning safdoshi o‘limi va Skripal zaharlanishi o‘rtasida bog‘liqlik bormi?

Foto: RIA "Novosti"

Skotland-Yard Londonda «Aeroflot» bosh direktori sobiq o‘rinbosari Nikolay Glushkovning o‘limi va Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishi o‘rtasida bog‘liqlikni ko‘rmayapti. Bu haqda Sky News xabar berdi.

«Biz surishtiruv ishlari davomida hozircha Solsberida qotillikka urinishga qandaydir bog‘liqlik bor ekanidan dalolat beruvchi hech narsani aniqlamadik», - deyiladi bayonotda.

Ta'kidlanishicha, surishtiruv ishlari sababli hech qanday hibsga olishlar ro‘y bermagan.

«Tergovda ijobiy o‘zgarishlar bor, biz qator guvohlarni eshitdik hamda 400dan ortiq daliliy ashyoni o‘rganmoqdamiz. Biz hozircha zo‘ravonlik holatidan darak beruvchi hech narsani topmadik, biroq sud-tibbiy ekspertlar janob Glushkovning uyida ishlashda davom etmoqda», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Londonda Boris Berezovskiyning safdoshi Nikolay Glushkov it tasmasi bilan bo‘g‘ib o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin ekani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid