Fotoreportaj: “Bog‘i Bobur”da Navro‘z tantanalari
Andijonning barcha tuman, shahar va qishloqlarida Navro‘z bayrami ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda.
Bog‘ishamol dahasidagi “Bog‘i Bobur” madaniyat va istirohat bog‘ida viloyatning asosiy tantanalari hamda xalq sayillar o‘tkazish uchun har yilgidan o‘zgacha taraddud ko‘rildi.
Bahor bayrami arafasida maskan butunlay yangicha qiyofa kasb etgan. Viloyat ahli 20 mart kuni “Bog‘i Bobur”da bahor ayyomini nishonladilar. Barcha tumanlardan kelgan jamoatchilik vakillari go‘zal sayilgohda zo‘r bayram qildi.
Yurtning eng zo‘r oshpazlari devzira guruchdan 2 tonnalik palov damladi. Viloyat badiiy havaskorlik dastalari, san'at ustalari ishtirokida katta konsert dasturi namoyish qilindi. Asrlardan meros xalq qo‘shiqlari, lapar, askiya payrovlari, milliy urf-odatlarimiz aks etgan fayzli dastur barchani lol qoldirdi.
E'tiboringizga, bayram tantanalaridan tayyorlangan fotolavhalarni havola etamiz.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Muallif olgan suratlar.
Mavzuga oid
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024
Hududlarda tadbirkorlar quyosh panellarini o‘rnatishga majburlanmoqda. Vazirlik tomoshabinmi?
09:50 / 11.09.2024