WhatsApp hammuassisi foydalanuvchilarni Facebook’ni o‘chirib tashlashga chaqirdi
Amerikalik tadbirkor va WhatsApp hammuassisi Brayan Akton foydalanuvchilarni Facebook akkauntlarini o‘chirib tashlashga chaqirdi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
Uning postda ma'lum qilishicha, Facebook’ni o‘chirib yuborish vaqti kelgan. Akton va uning hammuassisi WhatsApp messenjerini Mark Tsukerberg kompaniyasiga 2014 yilda sotib yuborgan. Post AQSh prezidenti Donald Trampga ishlagan Cambridge Analytica kompaniyasi Facebook’ning 50 mln.dan ortiq foydalanuvchisi shaxsiy ma'lumotlarini o‘g‘irlagani ma'lum bo‘lganidan so‘ng e'lon qilindi.
Avvalroq, AQSh federal savdo komissiyasi Facebook’ni tekshiruvdan o‘tkazishni boshlagani xabar berilgandi. Ijtimoiy tarmoq shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish qoidalarini buzgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
19:21 / 04.10.2024
Tsukerberg dunyodagi eng badavlat insonlar reytingida Amazon asoschisini ortda qoldirdi
22:30 / 29.09.2024
Mark Sukerbergning boyligi oxirgi 2 yilda olti barobarga oshdi
00:32 / 29.09.2024
Meta kompaniyasi parollarni saqlashda xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun 91 mln yevro jarimaga tortildi
10:21 / 04.04.2024