O‘zbekiston | 21:35 / 23.03.2018
37954
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident: «G‘alla rivoji yaxshi emasligi meni tashvishga solmoqda»

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish va islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha ishlar natijadorligi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlat rahbari kun tartibidagi «G‘alla parvarishida favqulodda holat» davrida kechiktirib bo‘lmaydigan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishni ta'minlashda viloyat va tumanlar rahbarlarining shaxsiy mas'uliyati va javobgarligini oshirish masalasi yuzasidan ma'ruza qilib, muhim topshiriqlar berdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Shavkat Mirziyoyev olib borilgan o‘rganishlar davomida hududlarda g‘alla hosili yetishtirishda juda katta kamchiliklar aniqlanganiga to‘xtalib o‘tdi. Agrotexnika tadbirlarni namunali o‘tkazgan fermer xo‘jaliklarida dehqonchilikka katta e'tibor qaratilgani samarasida bug‘doy naychalagani, lekin boshqa hududlardagi 100 ming gektar maydonda bug‘doy rivoji ortda qolib, endi tuplash holatiga kelgani va bu kamchiliklarni sektorlar tizimida faol ish olib borib, yuzaga kelgan salbiy holatni bartaraf etish lozimligini to‘g‘risida keskin fikrlarini bildirdi.

Prezident mazkur kamchiliklardan kelib chiqib, «G‘alla parvarishida favqulodda holat» e'lon qildi.

Bir qator tumanlar, jumladan, To‘rtko‘l, Qiziriq va Piskent tumanlarda g‘alla rivoji ortda qolayotganiga aytib o‘tildi.   

Toshkent va Jizzax viloyatlarida bug‘doyni sug‘orish ishlariga e'tibor qaratilmayotgani tanqid ostiga olindi.

«Oziq-ovqat xavfsizligi ta'minoti muhim masala. G‘alla mo‘l bo‘lsa, elimiz dasturxoni to‘kin bo‘ladi. Ayni paytda chetdan bir yarim million tonna g‘alla olib kirilmoqda. G‘alla parvarishiga katta e'tibor berilmayotgani meni qoniqtirmayapti», — dedi prezident.

Mavzuga oid