Jahon | 09:29 / 23.03.2018
7708
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston MDH davlatlari moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlari kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga qo‘shildi

Foto: Sputnik

Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–3615, 19.03.2018 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qarorga asosan O‘zbekiston MDH davlatlari moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlarining kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuv (Ashxobod, 05.12.2012 y.) va mazkur kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnomaga (Minsk, 10.10.2014 y.) qo‘shildi.

Mazkur xalqaro shartnomalarni amalga oshirilishiga Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti mas'ul etib belgilanmoqda.

Mazkur Kengashning asosiy vazifalaridan biri jinoiy daromadlarni legallashtirish (yuvish) va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga mas'ul bo‘lgan MDH davlatlarining tegishli tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirib borishi hisoblanadi. 

Mavzuga oid