Shahrisabzda Navro‘z shukuhi: “Xalqaro milliy liboslar” festivali, kurash sayli va bolalar uchun bayram
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida “Xalqaro milliy liboslar” festivali bo‘lib o‘tdi. Shahardagi Amir Temur xiyoboni va “Oq saroy” majmuasi xiyoboni milliy bezaklar bilan bezatildi. Mazkur festivalda har bir shahar va tumanlarning milliy liboslari, urf-odatlari, taomlaridan kelib chiqib, kichik pavilonlar tashkil etildi.
“Xalqaro milliy liboslar” festivaliga O‘zbekiston Respublikasida Faoliyat ko‘rsatayotgan chet el diplomatik korpus vakillari hamda firma va kompaniyalarining vakillari, shuningdek, mamlakatning xorijiy davlatlardagi elchixonalari tomonidan mazkur davlatlardagi model va modeler-dizaynerlari ishtirok etdi.
Festival davomida mazkur dizaynerlar tomonidan tashkil etilgan liboslar to‘plamlari namoyish etildi. Shuningdek, “Shahrisabz go‘zali” tanlovi ham bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari, sport turizmini rivojlantirish maqsadida bayram kunlari Shahrisabz shahrida “Kurash sayli” ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur sayl ham polvonlarning qizg‘in kurashuviga sabab bo‘ldi. Tomoshada ishtirok etgan sayyohlar o‘zbekning milliy sporti – kurash bellashuvini o‘zgacha zavq bilan kuzatishdi.
Bu bayram tantanalariga ijtimoiy himoyaga muhtoj chin yetim bolalarni moddiy-ma'naviy qo‘llab-quvvatlash tadbiri ham ulanib ketdi. Mazkur tadbirda viloyatning har bir shahar va tumanlaridan 10 nafardan chin yetimlarga boshdan oyoq qishki, yozgi va kiyimlari sovg‘a qilindi. Har bir bolaga 10 donadan bolalar adabiyoti namunalari taqdim etildi.
Bundan tashqari, mazkur bolalar viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev hamkorligida Shahrisabz shahriga tashrif buyurib, shaharda joylashgan tarixiy obidalar bilan tanishishdi, shu kuni shaharda bo‘layotgan bayram shukuhidan bahra olishdi. Ular uchun shahardagi “Yoshlar saroyi”da dasturxon tuzalib, konsert dasturlari taqdim etildi.
Sarvar Anvar o‘g‘li,
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
08:54 / 12.09.2024
Shahrisabz aeroporti fuqaro aviatsiyasi parvozlari uchun o‘z faoliyatini tikladi
08:30 / 27.07.2024
Iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarish holati fosh etildi
15:10 / 25.07.2024
Toshkentda Lacetti’ning beton ustunga urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
08:16 / 05.06.2024