Viber Rossiya Federal xavfsizlik xizmati talabini bajarmaydi
Rossiya hududidagi eng ommabop messenjerlardan biri Viber Federal xavfsizlik xizmati tomonidan talab qilingan, yozishmalarni ochish imkoniyatini beruvchi kalitlarni taqdim qilmaydi - kompaniyada bunday kalitlarning o‘zi yo‘q.
Messenjerga egalik qiluvchi Viber Media S.a.r.I. kompaniyasi hukumat vakillari bilan hamkorlik qilishga tayyor, ammo yozishmalarni o‘qish imkonini beruvchi kalitlarni hech kimga taqdim qilmaydi.
Bu haqda kompaniyaning operatsiyalar bo‘yicha direktori Maykl Shmilov shunday dedi:
«Birinchidan, biz turli spamerlarni izlab topish, jinoyatchilarni ushlash, messenjerdan jinoyat maqsadlarida foydalanuvchilarni qo‘lga olish uchun hukumat vakillari bilan hamkorlik qilamiz.
Ikkinchidan, biz qila olmaydigan ishlar mavjud. Xususan, yozishmalarni o‘qish imkoniyatini beradigan kalitlarni taqdim qilolmaymiz, chunki ular bizda yo‘q. Barcha kalitlar mijozlarning mobil qurilmalari ichida saqlanadi. Hatto kompaniyaning o‘zi ham ularni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega emas» - dedi Shmilov.
Viber rossiyaliklar orasida eng ommabop messenjerlardan biri hisoblanadi. 2018 yil yanvar oyi holatiga ko‘ra, undan 9,4 mln mijoz foydalanmoqda. Taqqoslaydigan bo‘lsak, «VKontakte» — 22,6 mln, WhatsApp — 12,2 mln, «Odnoklassniki» — 7,4 mln, Facebook — 5 mln, Telegram — 2,5 mln mijozga ega.
Eslatib o‘tamiz, 20 mart kuni Roskomnadzor Telegram Messenger LLP kompaniyasidan 15 kun muddat ichida, yozishmalarni o‘qish imkonini beradigan kalitlarni FXXga taqdim etishni talab qilgan edi. Agar kompaniya bunga rozi bo‘lmasa, sud orqali Rossiya hududidagi faoliyatiga chek qo‘ylishi mumkin.
Mavzuga oid
19:51 / 25.11.2018
Viber bir vaqtda bir milliard foydalanuvchi muloqot qila oladigan ilk messenjerga aylandi
07:12 / 11.10.2018
Viber jo‘natilgan xabarlarni tahrir qilish fukntsiyasini taqdim qildi
15:19 / 24.05.2018
Viber asoschilari O‘zbekiston IT-bozoriga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda
15:18 / 23.05.2018