Fotoreportaj: Andijonda xuddi Registon monand - Jom'ye me'moriy majmuasining ochilish tantanasi bo‘ldi
Andijon shahrida 19 - asr oxirlariga taalluqli me'moriy obidalar jamlanmasi mavjud. Bular Mahmud Aliboy tomonidan qurilgan - Masjid, madrasa va minora.
24 - mart kuni olib borilgan qurilish va rekonstruksiya natijasida yangicha ko‘rinishga kirgan tarixiy majmuaning ochilish marosimi zo‘r tantanalar bilan o‘tkazildi.
1885-yilda bitkazilgan masjid shiftidagi rango-rang bezaklar hali ham o‘z go‘zalligini yo‘qotmagan. Uzoq yillar ko‘zdan narida qolib, hozir yana bo‘y ko‘rsatgan 82 zinali minora atrofga mag‘rur boqib turibdi. Madrasa yo‘lak va xonalari bag‘rida ming yillik sinoatlar bor.
“Andijon Registoni” deya nomlanayotgan Jom'ye majmuasi juda chiroyli va o‘ziga tortadigan ko‘rinish holiga kelgan.
Uning ochilish tadbiri katta bayramdek nishonlandi. Jamoatchilik vakillari va mehmonlar oqshom tushib, rango-rang chiroqlar nur sochib turgan tarixiy obida hovlisida moziy bilan yuzlashdilar.
O‘lkashunoslik muzeyi majmuasining ochilishi andijonliklar uchun chin ma'noda bayram shodiyonasiga aylandi. Keksa-yu yoshning dillarida quvonch, shodlik. O‘zbekiston Xalq artisti Sherali Jo‘rayev boshchiligidagi ijodiy jamoaning konsert dasturi davraga yanada fayz kiritdi.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
17:15 / 02.11.2024
Chorsu maydoni rekonstruksiya qilinadi, loyiha 170 mln dollardan ziyodga baholandi
13:10 / 18.07.2024
Temur Malik ko‘chasi salkam 200 mlrd so‘mga rekonstruksiya qilinmoqda
20:54 / 09.03.2024
O‘zbekistonda hay-tek uslubida birinchi masjid qurildi
16:17 / 20.11.2023