Light | 10:07 / 26.03.2018
18507
4 daqiqa o‘qiladi

Alibazar – O‘zbekistondagi yangi loyiha asoschisi bilan biznes, qiziqarli g‘oyalar va hayot haqda suhbat  

O‘zbekistonda eng sara va sifatli qurilish mollarini sotadigan birinchi onlayn bozor – Alibazar haqda eshitgan bo‘lsangiz kerak. Ish faoliyatini boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan mazkur loyiha yurtdoshlarimizning e'tiboriga tushib ulgurdi. Xo‘sh, bu loyiha haqda nimalar bilamiz? Uning asoschisi kim? O‘zbekiston qurilish bozorida 12 yildan buyon o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Yevropol”kompaniyasi hamda Alibazar internet bozori asoschisi Alisher Avazov KUN.UZ tahririyati mehmoni bo‘ldi.

- Men 2015 yil malaka oshirish maqsadida Amerika Qo‘shma Shtatlariga bordim. U yerda malaka oshirish vaqtida vaqtdan unumli foydalanib, g‘oya qidirishni boshladim, - dedi A.Avazov. - AQSh va O‘zbekiston bozorlarini o‘rgangan holda, mamlakatimizda qurilish mollari sotadigan onlayn-do‘kon yaratish g‘oyasi 2016 yilda kelgan. Shu yo‘nalishda ishlashni o‘zimiga mo‘ljal qilib oldim. Va muddat kelgach, aynan shu sohada, shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi kompaniyalarga ishga kirdim. Maqsad ulardan ish o‘rganib, ta'lim olish edi.

- 2017 yilga kelib bu borada baza shakllandi. O‘zbekistonda jamoa tuzib, shu yo‘nalishda ishlashni boshladim. Mana shu yilning yanvar oyida ishimizni boshlab yubordik. Alibazar onlayn do‘konini nega aynan qurilish mollari sotishga mo‘ljallangan, degan savolga javob beradigan bo‘lsam, bunga sabab, o‘zim qurilish mollari savdosi bilan 12 yildan buyon shug‘ullanaman. Bundan tashqari, bu g‘oya O‘zbekistonda yangilik, innovatsion g‘oya bo‘lganligi uchun va eng asosiysi men o‘z ishimni yaxshi ko‘raman va qurilish mollari sotish menga begona emas.

Alisher Avazov loyiha nomi nega aynan Alibazar deb nomlangani haqida gapirar ekan, jumladan, shunday dedi:

- Bu nomning kelib chiqishi Alibaba’ga taqlid emas. AQShda yurganimda ismim Alisher bo‘lganligi uchun amerikaliklar uning talaffuzida rosa qiynalishdi. Keyinchalik ismimni qisqartirib, ularga Ali deb o‘zimni tanishtira boshladim. U yerdagilar meni shu ismda atay boshlashdi. Bir do‘stim bir o‘g‘il va bir qizli bo‘ldi va ularga mening hurmatim evaziga Ali va Aliya deb ism berdi. 2017 yilda mazkur g‘oya bilan yurganimda bu yangilikdan ilhomlandim va loyiha nomini Alibazar, ya'ni “Alining bozori”, deb nomladim.

Alisher Avazov hayotda qanday inson? O‘zi haqida so‘zlar ekan mehmonimiz quyidagilarni gapirib berdi:

- Men hayotda do‘stlarimni yo‘qotishdan, xalqimiz ishonchini yo‘qotishdan qo‘rqaman. Aslo pul yo‘qotishdan qo‘rqmayman. Chunki 12 yoshimdan buyon tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsam, ko‘p yo‘nalishda biznes qilib ko‘rdim, ko‘p yo‘nalishlarda ishladim. Bizneslarimiz inqirozga uchradi, uchraganda ham qarzlar bilan chiqib ketdik. Fikrimcha, yo‘qotishlarga uchramagan, adashmagan biznesmen yaxshi biznesmen bo‘la olmaydi. Bu xatolar kelajakda o‘z o‘rnida to‘g‘irlansa va ulardan saboq olinsa, ana shu yutuq hisoblanadi.

Mavzuga oid