Surxondaryoda mudhish YTH, ikki kishi halok bo‘ldi va 8 inson jarohatlandi
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 24 mart kuni soat 16.30larda Novbur mahallasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan J.U. o‘zining boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini “Sherobod-Jarqo‘rg‘on” 4R-103 yo‘lining 7-kilometrida haydab ketayotib qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan 1969 yilda tug‘ilgan A.Z. boshqaruvidagi “Kamaz” yuk avtomashinasiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada “Damas” avtomashinasi yo‘lovchilari 1959 yilda tug‘ilgan M.A. va 2016 yilda tug‘ilgan L.A. jarohat olib voqea joyida vafot etgan hamda haydovchi J.U. va yana 8 nafar yo‘lovchilari jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
13:57 / 18.09.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch nafar sinfdosh yigit halok bo‘ldi
07:29 / 06.09.2024
Surxondaryoda 9400 tup daraxt nobud bo‘lishi mumkin
12:31 / 31.08.2024
Surxondaryoda «Zarchob-1A» kichik GESi ishga tushdi
11:37 / 30.08.2024