Jahon | 08:40 / 27.03.2018
6554
1 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi harbiy obektlarga portlovchi modda bo‘lgan 6ta paket yuborildi

Foto: Reuters

AQShdagi harbiy va razvedka obektlariga portlovchi moddalarga ega bo‘lgan oltita shubhali paket yuborildi. Bu haqda NBC xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, barcha paketlar yo‘q qilib yuborilgan.

Ayni damda AQSh FTB va harbiylar ushbu hodisalarni o‘rganib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida AQShning Ostin shahrida portlashlar seriyasi yuz berib, oqibatda odamlar halok bo‘ldi va jabrlandi. Bombalar qurbonlarga posilka ko‘rinishida yuborilgan.

Mavzuga oid