Astana global moliyaviy markazlar reytingiga kirdi
Qozog‘iston poytaxti Astana shahri London, Nyu-York, Tokio, Singapur, Dubay, Shanxay va Abu Dabi shaharlari bilan bir qatorda, global moliyaviy markazlar reytingiga kirdi (Global Financial Centres Index, GFCI), deb xabar bermoqda qozoq matbuoti.
2018 yil yanvar oyida Astanada Xalqaro moliyaviy markaz ish boshladi, aynan shu voqea shaharning global moliyaviy markazlar reytingiga kiritilishiga sabab bo‘ldi.
GFCI reytingiga ko‘ra, Astana Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo top-10 moliyaviy markazlari safidan joy oldi va Budapesht, Sankt-Peterburg, Almati, Boku va hududning boshqa markazlaridan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
GFCI reytingi 2007 yildan buyon e'lon qilinadi va moliyaviy markazlarning raqobatbardoshligini aks ettiradi.
Reytingni tuzishda Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti va shu kabi boshqa tashkilotlarning 100dan ortiq makroiqtisodiy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. GFCI reytingida «ishbilarmonlik muhiti», «moliyaviy sektorning rivojlanishi», «infratuzilma omillari», «inson kapitali» kabi omillar hisobga olinadi. Uning obektivligini ta'minlash uchun, xorijiy moliyaviy bozorlar vakillarining fikri ham inobatga olinadi.
Mavzuga oid
09:49 / 22.03.2019
Nursultonda shaharning barcha asosiy obektlari nomi saqlab qolinadi
22:15 / 27.10.2018
Qozog‘iston chempioni muddatidan oldin aniqlandi
10:13 / 17.08.2017
YeChL, pley-off. «Napoli» «Nitstsa»ni yengdi, «Seltik» «Astana»ga 5ta gol urdi
18:53 / 29.11.2016