Jahon | 18:14 / 27.03.2018
13509
1 daqiqa o‘qiladi

Boris Jonson rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborgan davlatlarga minnatdorlik bildirdi

Foto: TASS

Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi tufayli rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish haqida qaror qabul qilgan barcha davlatlarga minnatdorlik bildirdi.

«Avval hech qachon shuncha davlat birgalikda rossiyalik diplomatlarni chiqarib yubormagan edi... Britaniyaning bu ittifoqchilari ruslar qasos olishini bilib turib shu ishni amalga oshirishdi», - deya yozgan Jonson The Times nashri uchun maqolasida.

Vazirning ta'kidlashicha, o‘z navbatida, Buyuk Britaniyani qo‘llab-quvvatlagan davlatlar Rossiyadan o‘z diplomatlari chiqarib yuborilishiga to‘qnash kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boris Jonson G‘arb qanday shartda Rossiya bilan do‘st bo‘lishini aytgandi.

Mavzuga oid