Jahon | 19:34 / 27.03.2018
12932
1 daqiqa o‘qiladi

Moldova 3 nafar rossiyalik diplomatni non grata shaxslari deb e'lon qildi  

Foto: RusVesna

Moldova hukumati Britaniyaning Solsberi shahrida britaniyalik josus Sergey Skripalning zaharlanishi ishi bo‘yicha 3 nafar rossiyalik diplomatni nomaqbul – non grata shaxslari deb e'lon qildi. Bu haqda Moldova tashqi ishlar vazirligi saytida ma'lum qilindi.    

“Moldova hukumati qarori Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi qarori va Solsberidagi hujumni kollektiv xavfsizlik va xalqaro huquqqa tahdid deb ta'riflagan Yevropa Kengashi xulosalari bilan yakdil hisoblanadi”, deyilgan xabarda. 

AQSh 26 martda o‘z hududidan Skripal ishi bo‘yicha 60 nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yuborishini ma'lum qilgan. Fransiya, Germaniya va Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari ham AQSh kabi choralar ko‘rishlarini ma'lum qilishgan. Ularga Kanada va Avstraliya ham qo‘shilgan. 

Mavzuga oid