Jahon | 07:25 / 27.03.2018
12906
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp boshqa davlatlar yetakchilarini rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishga chaqirgan

Foto: AFP 2018 / Mandel Ngan

AQSh prezidenti Donald Tramp ko‘pchilik davlatlar yetakchilari bilan gaplashib,  AQShning rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishi qaroriga qo‘shilishga chaqirgan. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Raj Shax ma'lum qildi. 

“Bu o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakat bo‘lgan. Prezident ko‘pchilik xorijiy yetakchilar, yevropalik ittifoqdoshlarimiz bilan buni muhokama qilgan va ularni AQShning diplomatlarni chiqarib yuborishi qaroriga qo‘shilishga chaqirgan”, deb aytdi Shax.

Uning ta'kidlashicha, diplomatlarni chiqarib yuborish Rossiyaning turli davlatlar va AQShdagi razvedka imkoniyatlarini zaiflashtirish nuqtai nazaridan muhim qadamdir. 

Avvalroq Yevropa Ittifoqining 16 ta davlati, AQSh, Kanada, Norvegiya, Albaniya va Ukraina Solsberidagi voqea bilan bog‘liq holda rossiyalik diplomatlarni o‘z hududidan chiqarib yuborish qarorini qabul qildi. Jumladan, AQSh hukumati 48 nafar rossiyalik diplomat va Rossiyaning BMTDagi 12 xodimini chiqarib yuborishini va Rossiyaning Sietldagi bosh konsulligi yopilishini e'lon qildi.  

Britaniyaning Solsberi shahrida 4 mart kuni britaniyalik josus Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edilar. Britaniyaning ta'kidlashicha, ularning A234 moddasi bilan zaharlanishlariga Rossiya aloqador. Rossiya esa buni inkor qilib kelmoqda. 

Mavzuga oid