O‘zbekiston | 16:55 / 27.03.2018
40231
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bir jurnalist va besh nafar huquq faoli ozod etildi

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

O‘zbekistonda olti nafar mahbus – jurnalist G‘ayrat Mixliboyev hamda inson huquqlari faollari Yo‘ldosh Rasulov, Cho‘yan Mamatqulov, Qudrat Rasulovni hamda opa-singil Mehriniso va Zulxumor Xamdamovalar ozod etildi. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bu borada tegishli bayonot berdi.

«Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston hukumatini olti nafar mahbus – jurnalist G‘ayrat Mixliboyev hamda inson huquqlari faollari Yo‘ldosh Rasulov, Cho‘yan Mamatqulov, Qudrat Rasulovni hamda opa-singil Mehriniso va Zulxumor Xamdamovalarni ozod etgani bilan qutlaydi. Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston hukumatining inson huquqlarini himoya qilish va mahbuslarni ozod etish orqali fuqarolik jamiyatini ruhlantirishga qaratilgan sa'y-harakatlarini olqishlaydi. 

Biz kelgusida ham milliy islohotlar rejasi va taraqqiyot maqsadlarini ilgari surish yo‘lida O‘zbekiston hukumati va fuqarolik jamiyati o‘rtasida samarali munosabat o‘rnatishga chaqiramiz», - deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda huquq faoli G‘aybullo Jalilov ozod etilgandi. 

Bundan tashqari, 2007 yilda qamalgan andijonlik huquq himoyachisi Isroil Xoldorov va 1999 yilda qamalgan jurnalist Yusuf Ro‘zimurodov ozodlikka chiqarilgan edi.

Mavzuga oid