Sport | 11:06 / 29.03.2018
14334
1 daqiqa o‘qiladi

«Meni Messiga o‘xshatmang!» - Dibala jig‘ibiyron bo‘ldi

Foto: AFP/Daniel Szwarc

Argentina terma jamoasi hujumchisi Paulo Dibala o‘zini Messi bilan taqqoslash noto‘g‘ri ekanini aytdi.

«Argentina terma jamoasi hozirgi kunda Lionel Messiga juda ham bog‘lanib qolgan. Agar men tarkibda bo‘lganimda ham, Ispaniyani mag‘lub etolmasdik, chunki bog‘lovchi juftlik yo‘q edi.

Nega meni Messi bilan taqqoslashayotgani va nega uning vazifalarini bajarishim kerakligini tushunolmayapman. Bizning o‘yin uslubimiz umuman boshqacha. Messi maydonning har bir nuqtasida o‘ynaydi. Men esa faqat hujumda harakat qilaman. Natijada, noto‘g‘ri xulosalar tufayli, muxlislarning o‘zi tushkunlikka tushadi va meni ayblashadi» - deb, Dibala so‘zlarini keltirmoqda Diario Sport.

Mavzuga oid