Tesla 120 mingdan ortiq Model S avtomobillarini ortga chaqirtirib olmoqda
Amerikaning Tesla elektrmobillar ishlab chiqaruvchisi 123 mingta Model S avtomobillarini ortga chaqirtirib olmoqda. Bu rul gidrokuchaytirgichi bilan bog‘liq ehtimoliy muammolar tufayli yuz beryapti, deb xabar qiladi Reyter agentligi kompaniya mijozlariga yuborilgan maktubga tayangan holda.
Kompaniyaning ko‘rsatishicha, avtomobillar ortga chaqirtirib olinishiga rul gidrokuchaytirgichidagi boltlarni almashtirish zarurati sabab bo‘lgan. Ular zanglashga moyil bo‘lib, bu ayniqsa sovuq iqlim sharoitida yuz beradi, shunda yo‘llarga muzga qarshi reagent sepiladi, u kalsiy va magniy tuzlariga ega.
Kompaniyadan ta'kidlashlaricha, 2016 yilning apreliga qadar chiqarilgan modellar ortga chaqirtirib olinadi.
Mavzuga oid
23:39 / 08.11.2024
Tesla kapitalizatsiyasi 1 trln dollardan oshdi
10:57 / 07.11.2024
AQShda dunyodagi eng tezkor politsiya mashinasi taqdim etildi
23:09 / 24.10.2024
Tesla aksiyalari ijobiy prognozlar fonida 20 foizga qimmatlashdi
23:57 / 18.10.2024