Almazbek Atamboyev QSDP partiyasi yetakchisi etib saylandi
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Qirg‘iziston Sotsial-demokratik partiyasi yetakchisi etib saylandi. Bu haqda Yevgeniya Berdnikova partiya qurultoyi yakunlari bo‘yicha xabar bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kun tartibida ikkita masala bo‘lgan: partiya faoliyati yakunlari haqida hisobot va yetakchini saylash.
Qurultoyga 191 delegat taklif etildi, 179 nafari ro‘yxatdan o‘tdi.
Delegatlar orasida Salaydin Avazov, Farid Niyozov, Kushbak Tezekbayev, Muzaffar Isakov, Osmonbek Ortiqboyev, Doston Bekeshev, Isa Omurkulov, Azamat Arapbayev, Albek Ibraimov, Ikromjon Ilmiyanov bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘sh rasmiylari mahalliy yaylovlar O‘zbekistonga berilgani to‘g‘risidagi ma'lumotni rad etishgandi.
Mavzuga oid
20:44 / 26.09.2024
Sadir Japarov Asqar Akayevning Qirg‘iziston prezidenti lavozimida qilgan uchta asosiy xatosini aytdi
09:55 / 25.09.2024
Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi etib tayinlandi
20:32 / 24.09.2024
Qirg‘izistonda Asqar Akayevga sobiq prezident maqomini qaytarish rad etildi
18:49 / 20.09.2024